Ro'yxatdan o'tish Kirish
Saytdan chiqish
Реклама
Zidan:Roma qarshi o'yin oldi intervyu berdi
8-03-2016, 11:48
Qo'shdi: : real
Ko'rildi: : 1182
Fikirlar: 0
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi "Roma"ga qarshi 1/8 final javob uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.


Zidan:Roma qarshi o'yin oldi intervyu berdi



"Ertaga qilishimiz kerak bo'lgan yagona ish - bu g'alaba qozonish. Biz oldimizda turgan o'yinga fikrimizni jamlab olishimiz kerak, chunki ko'p odamlar oson bo'ladi, deb o'ylashadi, lekin qiyin bo'ladi. Yutish uchun yaxshi o'ynashimiz kerak. Meni hech qanday shubha havotirga solmayapti. O'yinga fikrimizni jamlab olishimiz kerak.

Bizni asosiy majburiyatimiz ertangi o'yin va biz qo'limizdan keladigan eng yaxshi o'yinimizni qilishga va g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Men oldimizda turgan o'yindan keyingisi haqida o'ylamayapman va bundan keyin La Liga o'yini haqida o'ylaymiz. Konsentratsiya meni kundan kunga kuchli qilib borayapti. Biz barcha o'yinlarni o'ynashimiz kerak. "Roma" hech qachon Chempionlar Ligasini yutmagan. Men o'yinchi bo'lganman va siz agar yaxshi o'ynamasangiz raqib sizni musobaqadan chiqarib yuborishini bilaman".

Krishtianu Ronaldu haqida

"Men uni sotish tarafdori emasman. Men murabbiyman va meni qo'l ostimda shunday o'yinchi bo'lishini xohlayman. Muxlislar meni va har bir futbolchiga xushtak chalishdi. Bu aniq bir futbolchini masalasi emas, bu o'z o'yinchilaridan ko'prog'ini xohlaydigan muxlislar va bu o'yinchilar yaxshiroq, muxlislar doim ularni eng yaxshi sifatlarini ko'rsatishga undaydi. Muxlislar haqiqatdan ham o'z jamoasi o'yinchilarini sevishadi va bu muhim omil. Stadion doim to'la va bu ko'p narsani anglatadi".

Muxlislarni ahamiyati haqida

"Ular biz uchun juda muhim va ular buni bilishadi. Muxlislar doim biz bilan qachonki ular o'yinda xohlayotganini ko'rmasa xushtakvozlik qilishi to'laqonli normal holat. Men futbolchi bo'lganman va bunday ishlar futbolda bo'ladi. Bundan nimadir yashashni hojati yo'q".

Chempionlar Ligasidagi o'yin haqida

"Eng muhim o'yin bizni kutib turibdi, "Roma"ga qarshi o'yindan so'ng yakshanba kungi o'yin ham eng muhim o'yin bo'ladi. Siz doim shu kabi o'yinda o'ynashni xohlaysiz va siz nimani his qilayotganingizni ta'riflab bera olmaysiz. "Roma" - yaxshi jamoa va yuqori o'rinda turishibdi, ular kuchli va yaxshilar, lekin meni o'yin qiyin bo'lishini biladigan o'yinchilarim ko'proq qiziqtirayapti".

Garet Beyl

"U maydonga tushishga tayyor. Bu eng muhim narsa. O'ynayotgan futbolchilar o'zini ishini bajarishi kerak, ular maydonda nima qilish kerakligini bilishadi. G'oya o'sha-o'shani tashkil etadi: qachonki to'pga egalik qilmayotganimizda doim himoyalanish va qachonki vaziyat qarama-qarshi bo'lsa o'z imkoniyatlarimizdan foydalanish. Boshlang'ich tarkibni aniqlashtirib olish oson bo'lmaydi, lekin barcha o'yinchilar borligi baribir yaxshiroq".

Xamesni jismoniy holati haqida

"Bu uni muammosi emas. U ishga berilgan va yaxshi shug'ullanayapti .Doim bitta, ikkita yoki uchta o'yinchi tarkibdan tashqarida qolib ketadi. Asosiysi u maydonda borini berayapti. Undan ko'prog'ini xohlaymiz, chunki u jamoadagi ko'plab o'yinchilar kabi yuqori darajadagi o'yinchi. Xames o'z o'yinini yaxshilayapti va buni ko'rsatayapti".

Borxa Mayoral

"Siz nimadirni o'zgartirishingiz yoki aksincha, hammasini borligicha qoldirishingiz mumkin. Bizni rejamiz hujumkor o'yinchilar katta guruhini foydalanishdan iborat va ertaga siz bu jamoani ko'rasiz. U biz bilan 3 ta o'yinda ishtirok etgan holda qoyilmaqom shiddatni ko'rsatdi. Borxa jamoani bir qismi hisoblanadi. U o'zini xarakterini ko'rsatgan holda katta istak bilan o'ynayapti, lekin u yosh va u o'z yo'lini endi boshlanishida. Bosqichma-bosqich harakatlanish kerak. Ertaga nima bo'lishini ko'ramiz. Mening qo'l ostimda Benzemadan tashqari hammasi bor".

Marselo terma jamoaga chaqirilmagani haqida

"Marselo o'ynashga tayyor. Bu meni ayta olishim mumkin bo'lgan yagona gap. Uni terma jamoaga chaqiradimi yoki yo'q, faqat Marseloga bog'liq".

Franchesko Totti

"U aqlbovar qilmas faoliyat o'tkazgan buyuk o'yinchi. Totti jamoaga nima keltirishni biladi. Men murabbiyini Tottida o'yinchi sifatida qancha vaqti qolganini e'tiborga olishi kerak, deb aytgan bo'lardim".
Reyting:
  
Siz mehmon bo'lib kiriding iltimos Ro'yhatan o'ting va kirikrlaringizni qoldiring Ro'yhatdan o'tish Saytga kirish.
  • cheap mlb jerseys from china
  • cheap nfl jerseys online
  • cheap mlb jerseys
  • buy wholesale mlb jerseys credit cards accepted
  • cheap nfl jerseys
  • replica nhl jerseys
  • nfl wholesale jerseys cheap
  • cheapest nfl jerseys
  • cheap stitched nfl jerseys
  • cheap nfl jerseys
  • jordan retro 11
  • Retro jordans for sale
  • sale jordan shoes
  • Cheap Jerseys
  • Discount Jerseys China
  • Cheap NFL Jerseys wholesale
  • Cheap basketball shoes
  • cheap jerseys from china
  • cheap jordans online
  • cheap jordans for sale
  • jordan retro 11 , sale jordan shoes , cheap nfl jerseys wholesale , Cheap NFL Jerseys , Michael jordan shoes for sale , michael jordan shoes , cheap jerseys from china , jordans shoes , whoelsale nhl jerseys , Wholesale jordan